O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

15 oktyabrdan karantin choralari yana qattiq kuchaytirilishi rostmi?

AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda aholidan kelgan murojaat va savollarga javob qaytarildi.

15 oktyabrdan karantin choralari yana qattiq kuchaytirilishi rostmi?

➖ Avvalo shuni taʼkidlash kerakki respublikamizda hali karantin choralari bekor qilinmagan, balki yumshatilgan. Ammo fuqarolarning noto‘g‘ri tushunganliklari natijasida aholi orasida koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni kamaymayotganligi sir emas.

Bir narsani unutmaslik kerak “men, sen, ular” deyilganidek, karantin tadbirlari kuchaytirilishi va yumshatilishi bizning hatti-harakatlarimizga bog‘liq, agar biz karantin va cheklov tadbirlarini mensinmas ekanmiz, profilaktik tadbirlarni unutib qo‘yarkanmiz, mutaxassis shifokorlarning tavsiyalariga rioya etmas ekanmiz, u holda kasallik ko‘payib ketishiga va Respublika Maxsus komissiyasini karantin choralari kuchaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilishga majbur qilamiz.

Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganda ko‘z bilan bog‘liq kasalliklar ham kelib chiqadimi?

Tadqiqotchi olimlarning aniqlashicha, konyunktivit yaʼni ko‘z shilliq pardasining yallig‘lanishi koronavirus kasalligining belgilaridan biri bo‘lishi mumkin.

Italiyalik olimlar koronavirus burun shilliq qavatida aniqlangandan bir hafta o‘tib ko‘z shilliq qavatida ham uchrashini tadqiqotlarida taʼkidlashgan. Shuning uchun koronavirus kasalligini davolayotgan shifokorlar nafaqat burun va og‘iz, balki ko‘zlarni ham himoya qilish borasida ham ogohlantiriladi.

Xitoy shifokorlarining tajribasida ham koronavirus bilan davolanayotgan bemorlarda 1 foiz holatda konyunktivit aniqlangan.

Bolalar koronavirus bilan kasallansa kelajakda salomatligiga taʼsir ko‘rsatishi, masalan bepushtlikka olib kelishi mumkinmi?

Koronavirus kasalligi mutlaqo yangi kasallik bo‘lib, hali u haqida yetarli maʼlumotga ega emasmiz. Alohida bu borada ilmiy izlanishlar amalga oshirilmagan.

Qolaversa kasallik yosh bolalarda juda yengil formada o‘tayapi, shuning uchun kelajakda biror bir jiddiy asorat qoldirishi haqida bashorat qilish noto‘g‘ri bo‘ladi.

Fikrimizcha, COVID-19 kelajakda farzand ko‘rmaslik (bepushtlik) kabi holatlarni keltirib chiqaradigan kasalliklar sirasiga kirmaydi.

Qo‘shni davlatlar bilan chegara qachon ochiladi?

Bugungi kunda Tashqi ishlar vazirligi, Transport vazirligi bilan birgalikda barcha turdagi xalqaro qatnovlarni tiklash bo‘yicha xorijiy mamlakatlar bilan muzokaralar olib borilmoqda va qatnovlarni bosqichma-bosqich tiklash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech