O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

444,4 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan farmatsevtika mahsulotlari to‘xtatib qolindi

Bojxona organlari tomonidan sifati kafolatlanmagan dori vositalarining yashirin aylanmasiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan “Sirdaryo” chegara bojxona postiga  kirib kelgan fuqaro Yu.N. boshqaruvidagi “Mersedes Bens” rusumli yuk avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Natijada avtotransport vositasining yukxonasida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilganidan ortiqcha bo‘lgan, umumiy qiymati 226,3 million so‘mlik dori va parfyumeriya vositalari borligi aniqlandi.

Shuningdek, yana bir holatda, “Sirdaryo” chegara bojxona posti orqali qo‘shni mamlakatdan yurtimizga kirib kelgan fuqaro Yu.M. boshqaruvidagi “Mersedes-Bens” rusumli yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi. Tekshiruv davomida, avtoulovda hujjatlarda ko‘rsatilmagan, umumiy qiymati 218,1 million so‘mlik dori vositalari va boshqa tovarlar borligi maʼlum bo‘ldi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech