O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Agentlik mutaxassislari Shohrux Aslanov va Muyassar Ismoilovalar Oliy diplomatiya maktabida malaka oshirishdi

“O‘zstandart” agentligi bugungi kunda soha yo‘nalishida Xalqaro Tarozi va o‘lchovlar byurosi (BIPM), Standartlashtirish tashkiloti (ISO), Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish kengashi (MGS), Qonunlashtiruvchi metrologiya tashkiloti (OIML), Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti (SMIIC), Yevropa Elektrotexnika Standartlashtirish Qo‘mitasi (CENELEC), Yevropa Standartlashtirish Tashkiloti (CEN), GLOBAL GAP tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalari olib bormoqda.

Joriy yilning 22-24 fevral kunlari «Rahbar: Samarali boshqaruv texnologiyalari» dasturi bo‘yicha Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Oliy Diplomatiya maktabida vazirlik va idoralar, davlat tashkilotlari xodimlari uchun malaka oshirish kursi tashkil etildi. Unda Agentlikning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Shohrux Aslanov ham ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilariga Oliy diplomatiya maktabi professor-o‘qituvchilari tomonidan xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik, liderlik, yetakchilik, jamoa bilan ishlash, xodimlarni maqsadli ishlashga o‘rgatish va bugungi kun yosh rahbarlar oldiga o‘z ishiga innovatsion va g‘oyaviy ustunlik orqali yondashish bo‘yicha maʼruza va amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.

Tadbir yakuniga ko‘ra ishtirokchilarga malaka oshirganligi to‘g‘risidagi sertifikat berildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11-25 yanvar kunlari Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Tashkiliy nazorat boshqarmasi bosh mutaxassisi Muyassar Ismoilova ham mazkur kursda malaka oshirib sertikat olgan edi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech