O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Britaniyada COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni artritga qarshi dorilar bilan davolanishni boshladilar

Buyuk Britaniyaning Milliy sog‘liqni saqlash xizmati koronavirusning yangi shtammi bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun dori vositalari ro‘yxatiga revmatoid artritga qarshi qo‘llanadigan ikkita dori vositasini qo‘shdi.

Britaniyaning The Guardian gazetasi bunday qarorga kelishdan avval tegishli tadqiqot o‘tkazilganiga aniqlik kiritdi. Uning davomida Totsilizumab va Sarilumab dori vositalari jonlantirish bo‘limidagi COVID-19ning og‘ir formasi bilan kasallangan bemorlarning aksariyati hayotini saqlab qolishga yordam berishi aniqlandi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Totsilizumab dori vositasi koronavirusni yuqtirganlarga foyda keltirib, o‘limning nisbiy xavfini 24 foizga kamaytiradi. Sarilumab dori vositasi ham xuddi shunday taʼsirga ega bo‘lishi mumkin, ammo nafaqat hayotni saqlab qoladi, balki bemorlarning jonlantirish bo‘limida bo‘lish vaqtini qisqartiradi.

Ikkala dori ham IL-6 retseptorlari antagonistlari sifatida maʼlumdir. Ular immunitet tizimida haddan tashqari taʼsir qilishi mumkin bo‘lgan oqsillarning taʼsirini kamaytiradi. Ilgari, COVID-19 ning og‘ir shakli tanadagi yallig‘lanishning kritik darajasi bilan bog‘lanar edi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech