O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Davra suhbatida O‘zbekistondagi farmatsevtika bozorining xavfsizligi va boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi

Joriy yilning 26 yanvar kuni poytaxtimizdagi Hilton mehmonxonasida farmatsevtika bozori xavfsizligi va isteʼmolchilarni qalbakilashtirilgan va kontrabanda dori vositalaridan himoya qilishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va Xorijiy farmatsevtika kompaniyalari va ishlab chiqaruvchilarining O‘zbekistondagi vakolatxonalari assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda sohaning yuzdan ortiq vakili, shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish, Bojxona va Soliq qo‘mitalari mutaxassislari hamda “Ernst & Young” kompaniyasi ekspertlari ishtirok etdi.

Davra suhbati ishtirokchilari “erkin muomalaga chiqarish” rejimida dori vositalariga qo‘shilgan qiymat solig‘i, ayrim tovar turlari, shu jumladan, dori vositalari uchun majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish bo‘yicha bir qator masalalarni muhokama qildilar.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyevning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bu farmatsevtika bozorining xavfsizligi va isteʼmolchilarni qalbakilashtirilgan va kontrabanda dori vositalaridan himoya qilishdir va aynan shu masala davra suhbati ishtirokchilari o‘rtasida qizg‘in munozaraga sabab bo‘ldi.

Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilari pandemiya davrida farmatsevtika sanoati tomonidan olib borilgan ishlarni muhokama qildilar. Xorijiy farmatsevtika kompaniyalari va ishlab chiqaruvchilarining O‘zbekistondagi vakolatxonalari assotsiatsiyasi kengashi raisi Muxabbat Asqarova taʼkidlaganidek, farmatsevtika sohasida faoliyat yuritadigan barcha ishlab chiqaruvchilar va kompaniyalar, sog‘liqni saqlash tizimidagi idoralar ushbu og‘ir davrda xalq sog‘ligi va mamlakat kelajagi uchun birlashib harakat qildilar. Va bu yo‘lni jiddiy oqibatlarsiz o‘tishga muvaffaq bo‘lindi.

Shuningdek, davra suhbati davomida referent narxlarni shakllantirishda ishtirok etgan tashkilotlar, kompaniyalar va muassasalarning faoliyati alohida qayd etildi. Referent narxlar mexanizmining yo‘lga qo‘yilishi dori vositalarining narxlardagi farqigini minimumga olib keladi, import bilan shug‘ullanuvchilarning narxlarni manipulyatsiya qilishini oldini oladi hamda dori vositalarini davlat tomonidan xarid qilinishida byudjet mablag‘larini tejashga imkon yaratiladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech