O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farg‘onada kislorod konsentratori ishlab chiqarish boshlandi

Koronavirus pandemiyasi davrida kislorod konsentratorlariga bo‘lgan talab ortdi. Mazkur tibbiy jihoz mamlakatimizda ishlab chiqarilmasligi bois, Prezidentimiz va respublika hukumati topshirig‘iga asosan uni chet davlatlardan, asosan Xitoydan O‘zbekistonga imkon qadar qisqa muddatda olib kelish tartib-taomillarini yengillashtirish choralari ko‘rildi.

Shu jumladan, Farg‘ona viloyatiga 500 dona kislorod konsentratori olib kelinib, tibbiyot muassasalariga taqsimlandi. Kislorod konsentratori koronavirus bilan kasallangan bemorlarni og‘ir ahvolda davolashda yordam beradi. Zotiljam (pnevmoniya) kasalligi ham jiddiy asoratlar keltirib chiqaradi va bemorning nafas olishi qiyinlashadi. Qondagi kislorod miqdorini barqarorlashtirishda sunʼiy nafas olish apparati zarur bo‘ladi. Kislorod konsentratoriga talabning ortib borayotgani uni o‘zimizda ishlab chiqarishni taqozo etdi.

 2.PNG


Farg‘ona viloyati hokimining tashabbusi bilan “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasida kislorod konsentratorini ishlab chiqarish loyihasini imkon qadar tezroq amalga oshirishga kirishildi. Bu masʼuliyatli loyiha ishlari tadbirkor Shavkatjon Hamzayev taʼsischisi bo‘lgan «Greyt Qo‘qon» masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan olib borildi.

Umumiy qiymati 300 ming AQSH dollarini tashkil etadigan korxonaning foydalanishga topshirilishi katta tantanaga aylandi. Unda ishtirok etgan viloyat hokimi o‘rinbosari M.Abdurahmonov bugungi kunda talab yuqori bo‘lgan mazkur tibbiy jihozning ishlab chiqarilishi, avvalo, viloyatimiz va respublika tibbiyot muassasalarini kislorod konsentratori bilan to‘liq taʼminlash imkonini berishini, qolaversa viloyat eksport salohiyatini oshirishini taʼkidladi.

 3.PNG


– Viloyatimizda aholini koronavirus pandemiyasidan asrashga, ularning salomatligini mustahkamlashga katta eʼtibor qaratilmoqda. Buning uchun viloyatimiz hokimi boshchiligida juda katta tadbirlar amalga oshirilib, tibbiyot maskanlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi, bemorlar uchun maxsus joylar va dori-darmon zaxirasi yaratildi. Shunday sharoitda xavfli kasallikka qarshi kurashishga o‘zimizning hissamizni qo‘shganimizdan mamnunmiz, – deydi korxona direktori F.Rahmonov.

Mazkur korxonada yiliga 30 ming dona kislorod konsentratori ishlab chiqariladi. Shu bilan birga 20 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

 far_onada_kislorod_kontsentratori_ishlab_chi_arish_boshlandi.png

 

Manba: UzA

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech