O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan o‘tkazilgan tanlov natijalari bo‘yicha rasmiy bayonot

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan yurtimizda faoliyat yuritayotgan farmatsevtik korxonalar va importyor-distribyutorlar orasidan maxsus talablarga binoan saralab tanlangan ishtirokchilar orasida, 2020 yilning 30-31 dekabr kunlari Agentlik tanlovi bo‘lib o‘tganidan xabaringiz bor.

Maʼlumot o‘rnida ishtirokchilar:

➖ O‘zbekiston Respublikasida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini taʼminlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishi davrida aholi salomatligini muhofaza qilish va koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga eng ko‘p hissa qo‘shgan;

➖ Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 iyuldagi 449-son qarori bilan tasdiqlangan ro‘yxatdagi COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalarini koronavirus pandemiyasi davrida eng ko‘p ishlab chiqargan va import qilgan;

➖ Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 12 maydagi №284-son qarori bilan tasdiqlangan “Farmatsevtika faoliyatini (dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish bundan mustasno) litsenziyalash tartibi to‘g‘risida nizom talablariga muvofiq faoliyat yuritayotgan farmatsevtik korxonalar va importyor-distribyutorlar orasidan saralandi.

Yuqoridagi talablarga asosan tanlovda ishtirok etgan 9 nafar ishlab chiqaruvchi korxonaga Agentlikning “telegram”dagi rasmiy sahifasidagi so‘rovnomada umumiy 38437 ta ovoz berilgan bo‘lib, ulardan:

Samarkand England Eco-Medical – 621 ta,
Remedy Group – 882 ta,
Temur Med Farm – 1000 ta,
Reka-Med Farm – 1301 ta,
Radiks – 2314 ta,
Jurabek Laboratories – 2669 ta,
Nobel Pharmsanoat – 3159 ta,
Nika Pharm – 12537 ta,
Uzgermed Pharm – 13954 ta ovoz to‘plagan.

Shuningdek, yuqoridagi talablarga asosan tanlovda ishtirok etgan 10 nafar importyor-distribyutorga Agentlikning “telegram”dagi rasmiy sahifasidagi so‘rovnomada umumiy 9577 ta ovoz berilgan bo‘lib, ulardan:

Hurshida Enter Delux – 91 ta
Gd-Farm – 129 ta
Shayana farm – 405 ta
Serene Pharma – 433 ta
Astor Alliances – 439 ta
Pharma Choice – 446 ta
Meros Pharm – 1521 ta
Farm Lyuks invest – 1585 ta
Grand Pharm Trade – 2121 ta
Dori-darmon – 2407 ta ovoz to‘plagan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan o‘tkazilgan tanlov co‘rovnomasida qatnashgan ishtirokchilarning bergan ovozlari sarhisobiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini taʼminlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishi davrida aholi salomatligini muhofaza qilish va koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga eng ko‘p hissa qo‘shgan korxonalar nominatsiyasida:

1-o‘rin Uzgermed Pharm (13954 ta ovoz)
2-o‘rin Nika Pharm (12537 ta ovoz)
3-o‘rin Nobel Pharmsanoat (3159 ta ovoz)

O‘zbekiston Respublikasida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini taʼminlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishi davrida aholi salomatligini muhofaza qilish va koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga eng ko‘p hissa qo‘shgan importyor-distribyutor nominatsiyasida:

1-o‘rin Dori-darmon  (2407 ta ovoz)
2-o‘rin Grand Pharm Trade (2121 ta ovoz)
3-o‘rin Farm Lyuks invest (1585 ta ovoz) g‘olib deb etirof etildi.

Shu o‘rinda tanlovda g‘alaba qozongan mazkur korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishish istagida bo‘lgan jurnalistlar, blogerlar va jamoatchilik vakillar uchun Agentlik Matbuot xizmati tomonidan yaqin kunlarda press-tur o‘tkazish rejalashtirilganligini maʼlum qilgan holda, koronavirus pandemiyasi davrida aholi salomatligini muhofaza qilish va koronavirus infeksiyasi  bilan kasallangan bemorlarni davolashga o‘z xizmatini ayamagan va xalq uchun fido bo‘lgan har bir korxona, tashkilotga Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi nomidan tashakkur bildiramiz!

 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech