O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtikada patent nima? Bu sohaning rivojlanishiga yordam beradimi yoki to‘sqinlik qiladimi?

Patent - bu huquqiy tizim tomonidan himoyalangan intellektual mulk obyekti. Farmatsevtikada patent nima? Bu sohaning rivojlanishiga yordam beradimi yoki to‘sqinlik qiladimi?

Xo‘sh intellektual mulk o‘zi nima?

Jahon intellektual mulk tashkiloti (JIMT) quyidagicha taʼrif beradi: “Intellektual mulk (IM) inson ongi mahsulidir. IM obyektlariga ixtirolar, adabiy va badiiy asarlar, tijorat maqsadlarida foydalaniladigan ramzlar, nomlar va tasvirlar kiradi ”.

Dunyoda inson tomonidan yaratilgan deyarli hamma narsalar -  uylar, mashinalar yoki tabletkalar nafaqat moddiy, balki axborot saqlovchi timsolga ega. Bu texnik hujjatlar, ilmiy maqola yoki kimyoviy birikmaning formulasi bo‘lishi mumkin. Intellektual mulk bu turdagi maʼlumotlardan foydalanish huquqidir. Maʼlumot osongina ko‘chirilishi va bir zumda tarqatilishi mumkin. Va nafaqat dori yaratuvchisi balki har kim bu maʼlumotni ishlatishi mumkin.

Kashfiyotlar va ixtirolar, bir tomondan, hamma odamlarga maʼlum bo‘lishi yaxshi, boshqa tomondan, yaratuvchilar qilgan harajatlarini to‘ldirib, yana-da rivojlanish imkoniga ega bo‘lishlari kerak. Intellektual mulk - bu maʼlumot, patentga ega bo‘lgan holatda esa - bu ochiq maʼlumot ham. Bu vaziyatda uni mustahkam seyflarda ham saqlab bo‘lmaydi. Intellektual mulkni qonundan boshqa narsa bilan himoya qilish mumkin emas.

Shu bilan birga, intellektual mulkni himoya qilish darajasi va mamlakatning sarmoyaviy jozibadorligi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud. Bugungi kunda AQSH intellektual mulkni himoya qilish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan mamlakatlardan biri hisoblanadi. AQSH iqtisodiyotida intellektual mulkning o‘rni juda muhimdir. 2016 yil holatiga ko‘ra, intellektual mulkni intensiv ravishda qo‘llagan tarmoqlar 6 trillion dollardan ortiq mablag‘ni yoki mamlakat YAIMning 38,2 foizini tashkil etdi. Va bu ulush tez o‘sishda davom etmoqda.

Intellektual mulkni himoya qilish reytingi tez o‘zgarishi va investitsiya muhitiga sezilarli taʼsir ko‘rsatishi mumkin.

Maʼlumot uchun Hindiston hukumatining patent bilan himoyalangan saraton kasalligiga qarshi Neksavar dori vositasi uchun majburiy litsenziya berish to‘g‘risidagi qarori butun hind farmatsevtika tarmog‘iga xorijiy investitsiyalarning 2012 yildagi 3,2 milliard dollardan 2013 yilda 1,1 milliard dollargacha pasayishiga olib keldi. Majburiy litsenziyaning bekor qilinishiga qaramay, 2016 yilda Hindiston farmatsevtika bozoridagi xorijiy investitsiyalarning kamayishidan ko‘rilgan zarar taxminan 10 milliard dollarni tashkil etgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech