O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmreyd: 200 million so‘mlik dori vositalarining noqonuniy savdosi amalga oshmadi

Toshkent viloyati hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Toshkent viloyatidagi ovqatlanish shoxobchalaridan biri yaqinida fuqarolar X.A. va G‘.X.lar “Isuzi” rusumli yuk avtouloviga ortilgan, umumiy qiymati 200 million so‘mlik 1000 dona qutilardagi sifati kafolatlanmagan “NPP Askorbin kislotasi” nomli dori vositalarini shartli xaridorga sotmoqchi bo‘lganida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Sifati kafolatlanmagan dori vositalarini noqonuniy oldi sotdisi fosh bo‘ldi

“Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Toshkent xalqaro aeroporti avtoturargohi hududida tegishli hujjatlari bo‘lmagan dori vositalarini noqonuniy realizatsiya qilayotgan shaxslarni qo‘lga olishdi.

Jumladan, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida oldindan kuzatuvga olingan fuqaro X.J. Toshkent xalqaro aeroporti avtoturargohi hududida “Hyundai Porter” rusumli yuk avtomashinasiga joylangan dori vositalarini shartli xaridorga noqonuniy noqonuniy tarzda sotayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.

Holatga aniqlik kiritish maqsadida yuk avtomashinasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, unda fuqaro X.J. tegishli bo‘lgan, respublikamizga qonuniy olib kirilganligi va sifatini kafolatlovchi hujjatlari bo‘lmagan 7 524 dona dori vositalari borligi aniqlandi. Shuningdek, fuqaro X.J. boshqaruvidagi “Neksiya 2” rusumli avtomashinasi ko‘zdan kechirilganida, uning ichida ham 1 dona karton qutiga joylangan jami 120 dona “Kolikvel” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra umumiy qiymati deyarli 252 mln. so‘mlik 8 xil turdagi jami 7644 dona dori vositalari vaqtincha saqlovga olindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech