O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Ishchi guruh Buxoro viloyatida mavjud holatni o‘rganmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida joylarda Respublika ishchi guruhlari o‘z ishini boshladi.

Xalq taʼlimi vazirining o‘rinbosari Temurjon Komilov boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro viloyati Kogon tumanida xizmat safarida bo‘lib turibdi. Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Alisher Temirov, Milliy Bank raisi o‘rinbosari Bahodir Jalilov tomonidan tuman va uning iqtisodiy ijtimoiy holati o‘rganilmoqda.

Qilinayotgan ishlar ishchi guruh tomonidan tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar yuzasidan tegishli topshiriqlar beriladi.

Eslatib o‘tamiz, ishchi guruh viloyatlarning har bir tuman (shahar)ida xuddi shu tartibda faoliyat olib boradi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, joy va sohalar rivojiga to‘siq bo‘layotgan tizimli muammolarni aniqlash va tezkor hal etish choralarini ko‘rish belgilangan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech