O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

May oyida koronavirusga qarshi emlashlar qaysi hududlarda bo‘lib o‘tadi?

Joriy yil aprel oyida birinchi galda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari, Toshkent shahri va boshqa katta shaharlar, may oyida tuman markazlari va kichik shaharlar aholisi, iyun oyida esa boshqa hududlar ommaviy emlash tadbirlari bilan qamrab olinadi.

May-iyun oylarida emlanishi rejalashtirilgan xavf osti guruhiga mansub aholi qatlamida koronavirusga qarshi ertaroq emlanishga hohish paydo bo‘lsa, u holda ular Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari, Toshkent shahri va boshqa katta shaharlarda joylashgan emlash punktlariga murojaat qilishlari va belgilangan kunda kelib emlanishlari mumkin bo‘ladi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech