O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Mintaqamiz dorishunosligining shakllanishi va rivojiga taʼsir ko‘rsatgan islom davri asarlari

Mintaqamiz dorishunosligining shakllanishi va rivojiga taʼsir ko‘rsatgan islom davri asarlarini shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin:

1.1 Sodda dorilarning alifbo tartibida tuzilgan ro‘yxatlari, yaʼni farmakognoziyalar.

Ularda sodda dorining turli tillardagi nomi, tashqi tavsifi berilgan. Bu turdagi asarlarga Abu Rayhon Beruniyning (973-1048) “Kitob as-saydana fi-t-tibb" ("Tabobatda dorishunoslik”) asari yorqin misoldir. Unda mingdan ortiq maʼdaniy, nabotiy va hayvoniy kelib chiqishga ega bo‘lgan sodda dorilarning arab, fors, yunon, suryon, hind, xorazmiy, turkiy, so‘g‘d va boshqa tilu lahjalardagi 4500 ta nomlari va tavsiflari keltirilgan.

Beruniyning bu asari o‘sha davr dori atamalarini tartiblash ishiga katta yordam berdi. Taniqli ispan-ibran olimi va tabibi Muso ibn Maysun Ibn Abdulloh al-Qurtubiyning (1135-1204) “Sharh asma‘al-aqqor" (“Dori nomlari sharhi") nomli kitobi ham ilk o‘rta asrda yaratilgan mashhur farmakognoziyalardandir.

1.2. Sodda dorilar (Materia medica) haqidagi kitoblar.

Dorishunoslik kitoblari orasida bu turdagi asarlar juda mashhur bo‘lib, keng tarqalgan. Ular sharq dorishunosligini o‘rganishda muhim manba hisoblanadi.

Bu asarlarning barchasi nomlari bo‘yicha abjad tartibida joylashtirilgan maʼdanlar hamda o‘simlik va hayvon aʼzolarining xossalari, tabiati va tibbiy qo‘llanishi bo‘yicha ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olgan maqolalardan tashkil topgan.

Ko‘p hollarda u yoki bu dorining badali (o‘rniga o‘tuvchisi) xam ko‘rsatilgan bo‘ladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech