O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Muxabbat Ibragimova Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi

Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashdagi faoliyati, davlat dasturlari doirasida oʼtkazilgan innovatsion hamda amaliy loyihalar ekspertizalaridagi faol ishtiroki va fidokorona mehnati uchun Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi Axborot-tahlil boshqarmasi boshligʼi Ibragimova Muxabbat Yaxʼyaevna "Tashakkurnoma" bilan taqdirlanadi

Maʼlumot oʼrnida, Vazirlikning “Farmakologiya va farmatsevtika” boʼyicha Ilmiy-texnik kengash tarkibida 21 nafar mutaxassis faoliyat olib boradi.

Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi Muxabbat Ibragimovani mazkur eʼtirof bilan tabriklaydi va ushbu yoʼldagi mehnatlariga zafarlar tilaydi!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech