O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Nega koronovirusga chalingan bolalarda tana harorarti 37,5° bo‘lganida uni tushirish uchun dori tavsiya etilmaydi?

Isitma tananing normal himoya reaksiyasidir. Agar tana haroratida isitmani tushirishga harakat qilinadigan bo‘lsa, immun tizimi zaiflashadi.

Ushbu holatda ko‘proq suyuqlik ichirish tavsiya etiladi. Organizmning o‘zi ishlab chiqilgan antitayoqchalar yordamida kurashadi. Yengil turida bolalarga ko‘p va noto‘g‘ri dorilar berish tavsiya etilmaydi (dorilarni dozalariga ham eʼtibor berish kerak).

Dorilarni bunday berish bilan biz o‘zimiz bilmagan holda kasallikni yengil turidan og‘ir turiga o‘tkazib qo‘yishimiz mumkin. Shuning uchun har qanday vaziyatda shifokor nazoratida bo‘lish va shifokor ko‘rsatmalariga amal qilish tavsiya etiladi.

Barno Abdusamadova,
CCV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech