O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Bilasizmi: Nega vaksinalar bir necha dozada qilinadi?

Ba’zi vaksinalar bo‘yicha (birinchi navbatda tirik viruslar asosida ishlab chiqilgan viruslar) o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, eng samarali immunitetni shakllantirish uchun bir odam, bir nechta doza vaksinani olishi kerak.

Bu nima uchun muhim? Masalan, qizamiq yoki qizilcha kasalliklariga qarshi vaksinaning birinchi dozasidan so‘ng ba’zi odamlarda infeksiyaga qarshi kurashish uchun yetarli miqdordagi antitanachalar titri shakllanmaydi, ikkinchi marotaba emlangandan so‘ng himoyalanganligiga ishonch hosil qiladigan darajada antitanachalar titri shakllanganiga guvoh bo‘lamiz.

Grippga qarshi vaksina esa kattalar va bolalar (6 oy va undan katta) har yili bir dozadan emlanadi. Grippga qarshi vaksinani har yili qayta-qayta qabul qilish kerak, negaki kasallik keltirib chiqaradigan gripp viruslari o‘zgarib borishi va aynan u yoki bu mavsumda virusning qaysi turi tarqalishi faollashganidan kelib chiqqan holda grippga qarshi vaksinalar har yili yangilanib turiladi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech