O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Noqonuniy olib chiqishga urinilgan dori vositalari to‘xtatib qolindi

Yurtimizda pandemiya sabab dori va dori vositalariga bo‘lgan ehtiyoj oshgan bir paytda noqonuniy daromad olish ilinjida bo‘lgan fuqarolar afsuski hamon uchrab turibdi.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Oybek” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatga o‘tish uchun kirib kelgan S.S. boshqaruvidagi “Mersedes Benz” rusumli avtotransport vositasi o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, avtomashinaning salon qismidagi shkaf ichida deklaratsiyada ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda taqdim qilinmagan qiymati 15,3 million so‘mlik 51 dona “Helix original” nomli dori vositalari yashirilganligi aniqlandi.

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro T.I. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashina o‘rnatilgan tartibda to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashina salonida tegishli hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 24,5 million so‘mlik, 4788 dona antiperspirantlar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech