O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etish masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 26 yanvar kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi binosida Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Savdo vakolatxonasi bosh mutaxassisi Pavel Tolmachyov va “Formika” kompaniyalar guruhi Vitse-prezidenti, INNOPROM dasturlari rahbari Anton Atrashkin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Alisher Temirov rossiyalik mutaxassislar bilan uchrashuvda bir qator masalalarni, xususan, INNOPROM Xalqaro sanoat ko‘rgazmasida O‘zbekiston farmatsevtika bozori vakillarining ishtirokini muhokama qildi. Shu yilning 5-7 aprel kunlari Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan ko‘rgazmada Rossiya, O‘zbekiston, Xitoy, Fransiya, Turkiya, Germaniya, Yaponiya va Koreyadan tashqari, Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlarning ishlab chiqaruvchi kompaniyalari ishtirok etadi. Haftalikning asosiy bo‘limlari etib transport va energetika, shaharlar uchun IT-texnologiyalar, tibbiy asbob-uskunalar va farmatsevtika mahsulotlari belgilangan.

- Biz rossiyalik mehmonlar bilan bo‘lajak tadbirni yuqori saviyada tashkil etish uchun unga birgalikda tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida kelishib oldik, - dedi Alisher Temirov uchrashuv yakunlari borasida.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech