O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Og‘riq qoldiruvchi dorilar deganda qanday dori vositalari tushuniladi?

Og‘riq qoldiruvchi dorilar – og‘riq sezgisini yo‘kotuvchi yoki kamaytiruvchi dorilar. Bularga kimyoviy tuzilishi va taʼsir mexanizmi turlicha dori moddalari kiradi.

Og‘riq qoldiruvchi dorilardan nerv tizimiga taʼsir etib, og‘riqni kamaytiruvchi moddalar (analgetiklar) asosiy o‘rinni egallaydi. Narkotik analgetiklar va narkotikmas analgetiklar farq qilinadi. Narkotik analgetiklarga morfiy, va uning sintetik o‘rindoshlari (promedol, fentanil va boshqalar) kiradi.

Narkotik analgetiklar turli og‘riqlar, jumladan, shikastlanish, kuyish, miokard infarktida ro‘y beradigan kuchli og‘rikdarni ham qoldiradi. Morfiy markaziy nerv tizimiga taʼsir ko‘rsatib, eshituv, qo‘rquv, taktil sezgisini o‘tkirlashtiradi, o‘ziga xos gallyutsinatsiyalar keltirib chiqaradi. Og‘riq bilan kechadigan salbiy emotsiyalar (vahima, hayajonlanish, g‘am-g‘ussa va boshqalar)ni ssaytirib, xavfsizlik, o‘zini yengil his qilish, bamaylixotirlik tuyg‘usini paydo qiladi.

Narkotik analgetiklar takror-takror qabul qilinganda odam unga o‘rganib, ko‘msaydigan bo‘lib, narkomaniyaga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois narkotik analgetiklar qatʼiy hisobda turadi va ular cheklangan holda beriladi. Narkotik analgetiklarni vrach ruxsatisiz ichish taqiqlanadi.

Narkotikmas analgetiklarga kimyoviy tuzilishi turlicha bo‘lgan sintetik moddalar (amidopirin, analgin, atsetilsalitsilat kislota, paratsetamol va boshqalar) kiradi. Bu xil analgetiklarning narkotik analgetiklarga qaraganda og‘riq qoldiruvchi taʼsiri kuchsizroq bo‘lib, asosan, nevralgiya tusidagi og‘riqlarda, mialgiya mushaklar yallig‘lanishiga, tish va bosh og‘rig‘ida, artralgiyada ishlatiladi. Narkotikmas analgetiklar og‘riq qoldirishi bilan bir qatorda isitma tushishiga ham (q. Isitma tushiruvchi dorilar) yordam beradi. Ko‘pchilik narkotikmas analgetiklarning yallig‘lanishi qarshi taʼsiri ham bor (q. Yallig‘lanishga qarshi dorilar). Shifokor ruxsatisiz bu dorilarni ichmaslik kerak.

Analgetiklar guruhiga mansub bo‘lmagan bir qancha dori moddalar ham og‘riq qoldirishi mumkin. Masalan, silliq mushaklarni bo‘shashtiruvchi dorilar – atropin, bangidevona preparatlari, papaverin, no-shpalar va boshqalar qon tomirlar spazmida ishlatiladigan tomir kegaytiruvchi dorilar shular jumlasidandir.

Shifokorga ko‘rinib og‘riq sababi va xususiyatini bilgandan so‘ng og‘riq qoldiruvchi dorilar ichilsa, yaxshi naf beradi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech