O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

O‘zbekiston-Tatariston savdo iqtisodiy aloqalar yo‘lida ishonchli hamkorlik

2021 yil  6 aprel kuni  “INNOPROM”. O‘zbekistonda katta sanoat haftaligi” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida hamda Tatariston Respublikasi Bosh vazir o‘ribosari, Sanoat va savdo vaziri Albert Karimov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasining tashrifi asnosida O‘zbekiston-Tatariston biznes-forumi va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida biznes muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Tatariston Respublikasi Bosh vazir o‘ribosari, Sanoat va savdo vaziri Albert Karimov, Tatariston Sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari  Ivan Kolchin, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adxam Ikramov, Tatarston Savdo-sanoat palatasi raisi Shamil Ageyev va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Alisher Temirov ishtirok etdilar.

Shuningdek, forumda O‘zbekiston va Tataristonning tashqi savdo, sarmoya, yoqilg‘i-energetika, avtomobilsozlik, qurilish, kimyo, yengil sanoat, tibbiyot, farmatsevtika, transport va transport kommunikatsiyalari, logistika, axborot texnologiyalari va sayyohlik sohalari uchun masʼul vazirlik va idoralari, kompaniya va konsernlari rahbarlari qatnashishdi.

Unda Tataristonning 50 ga yaqin kompaniyalari vakillari O‘zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya jalb etishning ustuvor yo‘nalishlari, mamlakatimizning oziq-ovqat, neft-gaz, farmatsevtika, taʼlim, mashinasozlik, ishlab chiqarish kabi sohalardagi salohiyati, amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, yaratilgan sarmoyaviy muhit va imkoniyatlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi.

Tadbirda neft-gaz, mashinasozlik, to‘qimachilik, farmatsevtika, ilm-fan, qishloq xo‘jaligi sohalarida, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan erkin iqtisodiy zonalarda investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi. O‘zbekiston va Tatariston kompaniyalari o‘rtasida amaliy aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, yangi qo‘shma dastur va loyihalarni bajarish yuzasidan fikr almashildi.

Biznes-forum doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida biznes muzokaralar bo‘lib o‘tdi va unda respublikamizning 200 dan ortiq kompaniya vakillari Tatarstonlik hamkorlari bilan qishloq xo‘jaligi texnikasi, neft mahsulotlari, maishiy kimyoviy mahsulotlar va halol mahsulotlar yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech