O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

O‘zbekistonda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanuvchi uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi

Toshkent shahri, Farg‘ona, Namangan va Samarqand viloyatlarida yashovchi 18 nafar shaxsdan iborat uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi, deya xabar bermoqda “Daryo.uz” nashri.

Qayd etilishicha, giyohvandlik vositalari va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar ro‘yxatlariga kiritilgan dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi mazkur guruh aʼzolaridan qora bozor narxida umumiy qiymati 3,2 milliard so‘mdan ziyod bo‘lgan 28 560 dona “Tramadol” tabletkasi, 7000 dona “Tropikamid” flakoni, 35 700 dona “Lirika”, 3 920 dona “Regapen” va 5 600 dona “Perge” kapsulalari musodara qilindi. Shuningdek, 4 300 AQSH dollari protsessual tarzda rasmiylashtirib olindi.

 

Jinoyat quroli sifatida 1 ta Malibu, 3 ta Lacetti va 1 ta Nexia avtomashinalari olib qo‘yildi. Guruh aʼzolari 1977—1994 yillar oralig‘ida tug‘ilgan fuqarolar bo‘lib, ulardan 2 nafari ayol hamda 5 nafari muqaddam sudlangan shaxslar. Taʼkidlanishicha, ushbu dori vositalari asosan Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan mamlakatga olib kirilgan.

Hozirda Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech