O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

O‘zbekiston-Isroil farmatsevtika sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videomuloqot bo‘lib o‘tdi

2021 yil 16 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasining Isroildagi elchixonasi tomonidan O‘zbekiston-Isroil tibbiyot sohasidagi hamkorlik istiqbollari bo‘yicha onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Isroildagi elchixonasi, O‘zbekiston Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi vakillari hamda Isroil tomonidan Isroil ishlab chiqaruvchilar Assotsiatsiyasi, Isroil-Osiyo Savdo palatasi vakillari qatnashdilar.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasining Isroildagi elchisi F.Mahmudova kirish so‘zi bilan ochib berib, ushbu onlayn uchrashuv O‘zbekiston va Isroil farmatsevtika sohasida o‘zaro hamkorlikning yana-da kengayishi va rivojlanishiga sabab bo‘lishini taʼkidladi.

Onlayn videomuloqot davomida Isroil ishbilarmon doiralari eʼtiboriga O‘zbekiston Respublikasi Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi respublikamizda farmatsevtika sanoati, sohada zamonaviy raqobatbardosh korxonalar yaratishda ilg‘or xorijiy tajriba va texnologiyalarni jalb qilish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar to‘g‘risida batafsil maʼlumot berildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar farmatsevtika sohasida investitsiya va savdo-iqtisodiy loyihalarni hamkorlikda amalga oshirishni hamda o‘zaro tashriflarni tashkil etishga kelishib oldilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech