O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Prezident Murojaatnomasida belgilangan vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Prezidentimizning 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi mamlakatimiz siyosiy hayotidagi muhim voqeaga aylandi.

Ushbu nufuzli anjuman poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazida bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Senati aʼzolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat tashkilotlari rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Murojaatnoma 15 ta telekanalda jonli efirda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida onlayn yoritildi.

Unda 2021 yilga “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb nom berilib, mamlakatimizni yana-da rivojlantirishga qaratilgan eng muhim vazifalar, ichki va tashqi siyosatga doir ustuvor yo‘nalishlar belgilab berildi. Davlatimiz rahbari ko‘plab takliflarni ilgari surdi.

Prezident Administratsiyasi rahbarining topshirig‘iga asosan, Murojaatnomaning mazmun-mohiyatini vazirlik va idoralar rahbar-xodimlariga yetkazish bo‘yicha reja ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur rejaga asosan respublikamizning barcha hududlarida targ‘ibot tadbirlari tashkil etilishi belgilandi.

Kuni kecha Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va xalqqa yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini tushuntirish va unda ilgari surilgan takliflar, belgilangan vazifalar xususida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda ishtirok etgan Toshkent davlat texnika universiteti dotsenti Toxir Xalimjonov Agentlik boshqarma va bo‘limlari mutaxassislariga Murojaatnomada belgilangan ustuvor vazifalar borasida taqdimot qildi va mavzu bo‘yicha qator roliklar namoyish etildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech