O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Samarkand England Eco-Medical: samarali faoliyat - ustuvor vazifa

Shu kunlarda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamda Investitsiya va tashqi savdo vazirligi mutaxassislari Samarqand shahridagi MCHJ «Samarkand England Eco-Medical» QK korxonasiga tashrif buyurishdi. Undan asosiy maqsad - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarning ijrosini taʼminlash, xususan, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, xalqaro bozorlar topish va eksportni ko‘paytirish, tranzit salohiyatidan to‘liq foydalanish, eksport qilishda zamonaviy sug‘urta xizmatlarini yo‘lga qo‘yish, transport-logistika sohasini rivojlantirish va boshqalar.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Ishlab chiqarish masalalari boshqarmasi tashabbusi bilan uyushtirilgan mazkur tashrif davomida Mutaxassislar MCHJ «Samarkand England Eco-Medical» qo‘shma korxonasining ish faoliyati bo‘yicha 2021-2022 yillarga rejalashtirilgan loyihalari bilan tanishib chiqdilar. Shuningdek, korxona faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar o‘rganilib, vakolat doirasida amaliy yordam ko‘rsatildi hamda sohaga va korxona ish faoliyatiga kerakli taklif, maslahatlar berildi.

Samarqand viloyat farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmasi rahbari Oydin Qayumova, Murojaatnomada belgilangan vazifalar, albatta, mamlakatimiz ravnaqi uchun dasturiamal ekanligini, ularning ijrosini taʼminlash barchamizning, har bir soha vakilining burchi, deya taʼkidladi.

U o‘z so‘zini davom ettirar ekan, Samarkand England Eco-Medical qo‘shma korxonasi mamlakatimiz farmatsevtika sohasida o‘z o‘rniga ega ekanligini aytdi. Mazkur ishlab chiqaruvchining samarali faoliyat yuritishi uchun, xususan, farmatsevtika mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh, yuqori sifatli yangi turlarini ishlab chiqarishini o‘zlashtirishda ko‘maklashishga tayyor ekanligini bildirdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech