O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Tarixdagi mashxur “dorixonachi”lar: Nikolay Kopernik, Agata Kristi, Artur Konan Doyl va boshqalar...

Dorixona faoliyati tarixi ko‘plab kutilmagan kashfiyotlarga boy. Masalan, sariyog‘ surilgan nonni (hozirgi zamonda sendvich nomini olgan) ayni dorixonachi ixtiro qilganligini juda kam odam biladi. O‘sha dunyo tanigan Nikolay Kopernikning o‘zi! Ha, Kopernik tibbiyot sohasida faoliyat olib borgan. Askarlar orasida ifloslangan nonni isteʼmol qilish orqali yuqumli kasalliklarning tarqalishini oldini olish maqsadida Kopernik toza nonni ifloslangan nondan osongina ajratib olish uchun ularning ustiga saryog‘ surishni taklif qilgan.

Kopernik hayotini dorixona ishi bilan bog‘lagan yagona taniqli olim emas. Xlorni kashf etgan, fosfor, glitserin olish usulini ishlab chiqqan, kaliy permanganatni sintez qilgan va tadqiq qilgan shved farmatsevti Karl Shelening ismi kimyo tarixiga kirgan. Taniqli kimyogar o‘limini ham dorixonada topgan: u dunyoda birinchi bo‘lib sianidni ishlab chiqqan va tatib ko‘rgan...

Taniqli detektivlar mualliflari ham dorixonalarda zahar bilan ko‘p ishlaganlar: Agata Kristi (Birinchi Jahon urushi davrida farmatsevt-texnik) va Artur Konan Doyl (bir muncha vaqt doktor Richardson qo‘lida dorixonachi) bo‘lib ishlaganlar. Mashhur izquvar Sherlok Xolms sarguzashtlari muallifi Konan Doyl hattoki tibbiy jurnalda “Gelzemiumning zaharli xususiyatlari” nomli kichik maqola nashr etgan.

Farmatsevt-yozuvchilar, farmatsevt-shoirlar, farmatsevt-rassomlar va, albatta, farmatsevt-olimlar bo‘lgan. Faqat birgina tasodif buyuk sayohatchilar orasida farmatsevtlar bo‘lishiga to‘sqinlik qildi.

Norvegiyalik farmatsevt Fris Sapfe taniqli qutb tadqiqotchisi Roald Amundsenning eng yaqin do‘sti va yordamchisi bo‘lgan. Sapfening “Qutb yulduzi” dorixonasi uzoq vaqt mobaynida sayohatchining rasmiy vakolatxonasi bo‘lib kelgan. Sapfe Amundsen uchun sheriklarni tanlab bergan, dengizchilarni jalb qilgan va oziq-ovqat va anjomlarni xarid qilishga ko‘maklashgan. Amundsen Janubiy qutbga borish g‘oyasini faqat Sapfe bilan o‘rtoqlashgan. Farmatsevt ham ekspeditsiyada qatnashishi kerak edi, ammo oilaviy sabablarga ko‘ra rad etishga majbur bo‘ldi...

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech