O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

“Tashket Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterining faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" Hukumat qarori qabul qilindi

“Tashket Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterining faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" Hukumat qarori (78-son 17.02.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq:

☑️ Agentlikka “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri (keyingi o‘rinlarda – Klaster) hududida joylashtirilgan investitsiya loyihalarining soni va investitsiyalar hajmiga bog‘liq holda Direksiya boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni va ajratilgan mehnatga haq to‘lash fondi doirasida uning tuzilmasi va shtat jadvaliga o‘zgartirish kiritish huquqi beriladi;

☑️ Klaster hududida tashkil etiladigan loyihalar xalqaro standartlar asosida sifatli hamda belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi uchun jalb etilgan konsalting va injiniring xizmatlarini ko‘rsatishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislar hamda maslahatchilarning mehnatiga haq to‘lash Farmatsevtika tarmog‘ini qo‘llabquvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda – Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech