O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti vakant lavozimlarga tanlov eʼlon qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 25 noyabrdagi “Biotexnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4899-son qarorining 6-ilovasiga asosan 34 nafar ilmiy xodimlardan iborat shtat birligi belgilangan.

Institut ilmiy xodimlariga Fanlar Akademiyasi Ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haqi to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari qo‘llaniladi:

1. Umumiy epidemiologiya laboratoriyasi mudirligiga, fan doktori ilmiy darajasiga ega - 1 shtat birligi, katta ilmiy xodim lavozimiga - 1 shtat birligi;

2. Mikrobiologiya laboratoriyasi mudirligiga, fan doktori ilmiy darajasiga ega - 1 shtat birligi, katta ilmiy xodim - 1 shtat birligi;

3. Immunologiya laboratoriyasi mudirligiga, fan doktori ilmiy darajasiga ega - 1 shtat birligi, katta ilmiy xodim - 1 shtat birligi;

4. Virusologiya laboratoriyasi mudirligiga, fan doktori ilmiy darajasiga ega - 1 shtat birligi, katta ilmiy xodim - 1 shtat birligi;

5. Bakteriologiya laboratoriyasi mudirligiga, fan doktori ilmiy darajasiga ega - 1 shtat birligi, yetakchi ilmiy xodim, fan doktori yoki fan nomzodi (PhD) - 1 shtat birligi, bosh ilmiy xodim -1 shtat birligi;

6. Parazitologiya va allergologiya laboratoriyasi mudirligiga, fan doktori ilmiy darajasiga ega - 1 shtat birligi, katta ilmiy xodim - 1 shtat birligi;

7. VSL - laboratoriyasi mudirligiga, fan doktori ilmiy darajasiga ega - 1 shtat birligi, yetakchi ilmiy xodim - 1 shtat birligi, katta ilmiy xodim - 1 shtat birligi;

8. Ozuqa muhiti laboratoriyasi mudirligiga, fan doktori ilmiy darajasiga ega - 1 shtat birligi, katta ilmiy xodim - 1 shtat birligi;

9. Yuqori texnologiyalar laboratoriyasi mudirligiga, fan doktori ilmiy darajasiga ega - 1 ta shtat birligi, katta ilmiy xodim - 1 shtat birligi;

10. Zaharga qarshi zardoblar laboratoriyasi mudirligiga, fan doktori ilmiy darajasiga ega - 1 shtat birligi, katta ilmiy xodim - 1 shtat birligi;

11. Zardoblarni tozalash va konsentratsiyasini oshirish laboratoriyasi mudirligiga, fan doktori ilmiy darajasiga ega - 1 shtat birligi, katta ilmiy xodim - 1 shtat birligi;

12. Ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mikroorganizmlar milliy kolleksiyasi mudirligiga, fan doktori ilmiy darajasiga ega - 1 shtat birligi, katta ilmiy xodim - 1 shtat birligi;

13. Yuristkonsult - 1 shtat birligi.

Hujjatlarni PDF shaklda tashnivs@mail.ru elektron manziliga yoki institut maʼmuriyatiga taqdim etishingiz so‘raladi.

Institut manzili: Toshkent sh. Yunusobod tumani, Ch.Aytmatov ko‘chasi 37 uy.
Telefon: 71-234-59-87

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech