O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Toshkentda INNOPROM Xalqaro sanoat ko‘rgazmasi ishini boshladi

Bugun, 5 aprel kuni poytaxtimizda INNOPROM – katta sanoat HAFTALIGIning ochilishi bo‘lib o‘tdi.  

5 – 7 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan tadbirda hukumat va ishbilarmonlar delegatsiyalari, shuningdek Rossiya, Fransiya, Germaniya, Chexiya, Yaponiya, Belorusiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston va boshqa davlatlar sanoat kompaniyalari vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov mehmonlarni qutlab, HAFTALIK ishiga rasmiy start berdi.

Aytish kerak, dastur tadbirlarga boy va birinchi kunning o‘zida qator tadbirlar rejalashtirilgan. Ularning asosiylari “Jahon sanoat ishlab chiqarishi o‘sish omillarini izlab” mavzusida asosiy strategik sessiya, “Rossiya - O‘zbekiston: sanoat muloqoti” mintaqalararo forumining asosiy yalpi majlisi.

Kunning birinchi yarmida “Jahon sanoat ishlab chiqarishi o‘sish omillarini izlab” mavzusidagi sessiya bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumatlari rahbarlari, sanoat kompaniyalari rahbarlari  va boshqalar ishtirok etmoqda. Kovid pandemiyasidan so‘nggi davrda sanoatni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish masalasi sessiya ishtirokchilarining asosiy muhokamasiga aylandi.

Shuningdek, rasmiy delegatsiyalar O‘zEkspoMarkaz majmuasida tashkil etilgan ko‘rgazmaga tashrif buyurdilar va ishtirokchilar maydonchalari bilan yaqindan tanishdilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech