O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Yoshlar siyosati

Yoshlar siyosati

Davlat rahbarining  2017 yil 5 iyulda eʼlon qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi faoliyatini qo‘llab –quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni PF-5106 hamda  2017 yil 18 iyulda qabul qilingan «O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining PQ-3133 ijrosi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqining liderlar Kengashi faoliyat boshladi.

Liderlar Kengashi o‘z faoliyati  davomida vazirlikdagi yosh xodimlarning davlatimizning  yoshlar siyosatini izchil va samarali hayotga joriy etish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab–quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoyalash tizimini tubdan isloh qilishga qaratilgan  taklif va mulohazalarini ilgari suradi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Yoshlar ittifoqi Yetakchilar kengashining asosiy vazifalariga:

➖ farmatsevtika sohasi yoshlarining professional salohiyati va iqtidorini ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish;
➖ yosh mutaxassislarni farmatsevtika sohasida innovatsion loyihalarni amalga oshirishga jalb etishga ko‘maklashish;
➖ farmatsevtika sohasi yoshlarining intellektual, maʼnaviy, axloqiy va jismoniy rivojlanishiga ko‘maklashish;
➖ yoshlarni ijtimoiy sohadagi tadbirlarga jalb qilish, xususan, ularning salomatligi va ijtimoiy farovonligini taʼminlash, yoshlar orasida ommaviy sportni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish;
➖ salohiyatli yoshlarni rahbarlik lavozimlariga tayyorlash, kadrlar zaxirasini yaratish va boshqalar.

Mirxaitov Sharofiddin Shuhratovich

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida yoshlar masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosari (maslahatchisi)
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech