O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Matbuot xizmati haqida

Matbuot xizmati haqida

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot  xizmatining asosiy funksiya va vazifalari:

➖ Agentlik rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;

➖ axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati, boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni taʼminlash;

➖ keng jamoatchilikni Agentlikning faoliyati, uning sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlari to‘g‘risida xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish;

➖ ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish, Matbuot xizmati bilan doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantirish, axborot xabarlarini (matbuot uchun axborotlar, bukletlarni va shu kabilarni) tarqatish;

➖ Agentlikning rasmiy veb-saytida axborotni tezkorlik bilan joylashtirish va o‘z vaqtida yangilab borish, Internet tarmog‘idagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantirish;

➖ axborot maydonida farmatsevtika sohasiga oid materiallarni umumlashtirish, tahlil qilish, ularga munosabat bildirishning turlari, usullari va darajasi bo‘yicha ekspertlar bilan birgalikda takliflar tayyorlash, OAV, shu jumladan, Internet tarmog‘ida materiallar tarqatish bo‘yicha kompleks ishlarni tashkil etish;

➖ Agentlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda milliy va xorijiy OAVda tarqatish uchun xabar, axborot-maʼlumot materiallar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;

➖ Agentlik faoliyatini xorijiy OAVda sifatli yoritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalarini, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalarini axborot materiallari (foto, audio va videomateriallar, bosma mahsulotlar va shu kabilar) bilan taʼminlash;

➖ O‘zbekiston farmatsevtika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni xalqaro maydonda keng tanitishga qaratilgan Agentlik va uning huzuridagi tashkilotlar vakillari hamda mahalliy farmatsevtika ishlab chiqaruvchilarining xorij davlatlariga ishchi va rasmiy safarlarini ijobiy tarzda yoritish maqsadida Matbuot xizmati vakillarining delegatsiyalarga hamrohlik qilishi;

➖ Agentlik faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining holati hamda milliy va xorijiy OAV pozitsiyasini tahlil qilish va ular to‘g‘risida rahbariyatiga axborot berish;

➖ Agentlik faoliyatiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallar maʼlumotlar bankini shakllantirish va yuritish.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech