O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Agentlikda Belaruslik hamkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Agentlikda Belaruslik hamkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi rahbariyati Belarus Respublikasi “Sog‘liqni saqlashda ekspertiza va sinovlar markazi” Respublika unitar korxonasi delagatlarini qabul qildi. Shuningdek, uchrashuvda “PharmInterBio” MCHJ direktori ham ishtirok etdi.

Muzokaralar chog‘ida Biotibbiy hujayra mahsulotlarini mahalliylashtirish va birgalikda ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bosqichlari muhokama etildi.

Shuningdek, farmatsevtika sohasidagi regulyatorika masalalari, Belarus tomonining bu boradagi tajribasini, xususan tekshiruv metodologiyasini o‘rganish borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mahalliy ekspertlarni malaka oshirish uchun tajriba almashish yuzasidan kelishib olindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech