O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Agentlikda O'zbekiston Respublikasining bayrog'i qabul qilinganligining 32 yilligi keng nishonlandi.

Agentlikda O'zbekiston Respublikasining bayrog'i qabul qilinganligining 32 yilligi keng nishonlandi.

Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrdagi 407-XII-sonli "O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi qonuni bilan tasdiqlangan.

Davlat ramzlari har bir mamlakatning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsollardir. O‘zbekistonning davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr va iftixor bag‘ishlaydi.

O‘zida juda katta ma’no-mazmunni mujassam etgan, yuksak did va mahorat bilan puxta ishlangan, o‘zida butun O‘zbekiston ahlining asriy orzu-istaklarini, g‘ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo‘stlikni, ajdodlar yodi hamda millat g‘ururini mujassam etgan bayrog‘imiz sayyoramizdagi barcha mamlakatlarning davlat ramzlari orasida alohida hurmat va ehtiromga sazovordir.

Ushbu sana munosabati bilan Agentlik va uning tizim tashkilotlari xodimlari uchun davra suhbati tashkil etildi. Unda yuridik fanlari doktori, professor Feruza Muxiddinova ishtirok etdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech