O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

“Alphaone Pharmaceutical” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“Alphaone Pharmaceutical” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 15-noyabr kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori A.Azizov "Alphaone Pharmaceutical" kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

"Alphaone Pharmaceutical Company" MCHJ Birlashgan Arab Amirliklarining “RG General Trading FZE” kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonda tashkil etilgan korxona bo‘lib, uchrashuvda mazkur kompaniya Loyiha boshqaruvi bo‘limi rahbari Farhat Fazl qatnashdi.

Muzokaralar chog‘ida agentlik va kompaniya o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari, O‘zbekistonning jadal rivojlanayotgan va investorlar uchun katta qulayliklar yaratib berilayotgan sohalaridan biri bo‘lgan farmatsevtika tarmog‘iga xorijiy sarmoya kiritishni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech