Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Pokistonning Savdo va Investisiyalar maslahatchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Pokistonning Savdo va Investisiyalar maslahatchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Elchixona vakili Pokiston Islom Respublikasi O‘zbekistonda "Pokiston yagona davlat ko'rgazmasi"ni o‘tkazish bo‘yicha rejalari bilan bo‘lishdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Pokistonlik kompaniyalar ushbu ko‘rgazmada ishtirok etishga qiziqishi yuqori darajada ekanligini va unda 30dan ortiq Pokistonlik kompaniyalar ishtirok etish istagida ekanligini ma’lum qildi. Shu bilan birga, Pokistonlik ishlab chiqaruvchilarining farmasevtika mahsulotlarini O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi yuzasidan savollarga javob berildi.
Shu bilan birga, Agentlik direktori A.Azizov O‘zbekistonda farmasevtika bozoriga kirish imkoniyatlari, sharoitlari va imtiyozlari yuzasidan ma’lumot berdi.