O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida "Avantika Medex" va "Shifokor-82" kompaniyalari rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida "Avantika Medex" va "Shifokor-82" kompaniyalari rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushbu kompaniyalar Jizzax EIZda hamkorlikda loyiha amalga oshirmoqdalar. Mazkur erkin iqtisodiy zonadagi 11,3 gektar maydonda "Avantika - Shifokor" ishlab chiqarish maydonining qurilish ishlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

"Avantika Medex" kompaniyasi direktorining ma’lum qilishicha, dastlab 4 ta liniyadan iborat bo‘luvchi to‘liq siklli ishlab chiqarish maydoni qurilishining birinchi bosqichiga joriy yilning aprelida start berish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, R&D markazini bunyod etish ham nazarda tutilmoqda. Hamkorlar Markaziy Osiyoda unikal bo‘lgan xab-markaz yaratish niyatida ekanliklarini bildirishdi.

Ma’lumot uchun:
2007 yilda asos solingan "Avantika Medex" farmasevtik mahsulotlarni ishlab chiqarish, ularning eksporti va ulgurji savdosida yetakchi kompaniyalardan biri sanaladi. Deyarli 20 yillik tajribaga ega bo‘lgan kompaniya mahsulotlari O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Armaniston, Kongo, Qozog‘iston, Rossiya, Misr, Ukraina, Belarus, Angliya, Gruziya kabi 18 ta davlat bozorida o‘z o‘rniga ega.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech