O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

"Dora line farm" korxonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

"Dora line farm" korxonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov "Dora line" korxonasi ta’sischisi Farxod Safarov bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida korxona tomonidan "Toshkent Farma park" klasteri hududida yangi loyihani ishga tushirish masalalari muhokama qilindi.

"Dora line" korxonasi Agentlik direktorini yangi loyiha bilan tanishtirar ekan, respublikamizda import o‘rnini bosuvchi aerozol, innovasion infuziya va ineksiya dori vositalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirganini bildirdi. Agentlik direktori yangi loyiha bilan tanishdi va tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Ma’lumot uchun: "Dora line" korxonasi 2014 yildan buyon faoliyat yuritadi. 50 turdagi Biologik faol qo‘shimchalar (BFQ) ishlab chiqaradi, 150 ta ish o‘rinlari yaratilgan. O‘z mahsulotlarini Markaziy Osiyo davlatlariga eksport qiladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech