O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

"Dora line" kompaniyasi investisiya kelishuviga erishdi.

"Dora line" kompaniyasi investisiya kelishuviga erishdi.

Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va "Dora line" Biologik faol qo‘shimchalar (BFQ) ishlab chiqaruvchi korxona o‘rtasida investisiya kelishuvi imzolandi.

Kelishuvga ko‘ra "Dora Line” o‘z faoliyatini kengaytirish maqsadida “Tashkent Pharma Park” Innovasion ilmiy-ishlab chiqarish farmasevtik klasteri hududida yangi korxonani ishga tushirib, infuzion eritmalar, burun va aerozolli spreylar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Ushbu korxona 300 ta ish o‘rinlarini yaratishni rejalashtirgan.

Ma’lumot uchun: "Dora line" korxonasi 2014 yildan buyon faoliyat yuritadi. 50 turdagi Biologik faol qo‘shimchalar (BFQ) ishlab chiqaradi, 150 ta ish o‘rinlari yaratilgan. O‘z mahsulotlarini Markaziy Osiyo davlatlariga eksport qiladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech