O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Dori vositalarini ulgurji va chakana realizatsiya qiluvchi tashkilotlar uchun profilaktik tadbir o‘tkazilmoqda.

Dori vositalarini ulgurji va chakana realizatsiya qiluvchi tashkilotlar uchun profilaktik tadbir o‘tkazilmoqda.

Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining "Zarur amaliyotlar markazi" DM va Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi hamkorligida hududlarda profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda. Aholini sifati, xavfsizligi va samaradorligi kafolatlangan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika bilan ta’minlashni yanada yaxshilash hamda farmasevtika mahsulotlari muomalasini tartibga solish yuzasidan har bir hududda faoliyat yuritayotgan, dori vositalarini ulgurji va chakana realizatsiya qiluvchi tadbirkorlik sub’yektlari bilan uchrashilmoqda.

Tadbir davomida, Prezident farmoniga muvofiq, 2025 yil 1 yanvarga qadar farmasevtika mahsulotlarini chakana sotish bilan shug‘ullanuvchi tarmoqli dorixonalar, 2026 yil 1 yanvarga qadar boshqa dorixonalar Zarur dorixona amaliyoti (GPP) milliy talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi lozimligi;

2024 yil 1 iyulga qadar, farmasevtika mahsulotlarini ulgurji sotish bilan shug‘ullanuvchi barcha mahalliy korxonalar Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP) milliy talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi zarurligi
haqida tushuntirish berildi. Uchrashuv yakunida, ishtirokchilarning takliflari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollar bo‘yicha mas’ullar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Bunday uchrashuvlar respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech