O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

“YASHIL MAKON”: EZGU AMALLAR NAMOYISHI

“YASHIL MAKON”: EZGU AMALLAR NAMOYISHI

Bugungi kunda yashil olamni saqlash va yashil hududlarni kengaytirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Ana shu maqsadda respublikamiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi davom etmoqda.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarimizni yashil maydonga aylantirish, go‘zal bog‘-rog‘lar barpo etish imkonini beradi. Bu boradagi xayrli ishlarda esa Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va uning tizim tashkilotlari xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.

Joriy yil 25 noyabr kuni Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan “Toshkent Farma Park” Innovasion ilmiy-ishlab chiqarish farmasevtik klasteri hududida "Farmasevtlar bog‘i" yaratildi va bu xayrli ishda xodimlar oila a’zolari bilan ishtirok etdilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech