O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mas’ullaridan iborat delegatsiya xizmat safari bilan Koreyada bo‘lib turibdi.

Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mas’ullaridan iborat delegatsiya xizmat safari bilan Koreyada bo‘lib turibdi.

Koreya Respublikasi va O‘zbekiston o‘rtasida farmasevtika sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, analog loyihalarni yaratishda xorijiy tajribalarni o‘rganish shuningdek, “Toshkent Farma Park” klasteri sanoat zonasida o‘zaro manfaatli korxonalar tashkil etish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida 2024 yil 18 aprel kuni Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish Agentligi direktori Abdulla Azizov boshchiligidagi delegatsiya Janubiy Koreyada joylashgan kosmetika kopmaniyasi "Samsung Medicos CO., LTD"ga tashrifi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun: "Samsung Medicos CO., LTD"— bu ixtisoslashgan kompaniya bo‘lib, terini parvarish qilish uchun tibbiy kosmetika mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Kompaniyada teri mahsulotlari, losyonlar, kremlar va yuz maskalari kabi mahsulotlarni ishlab chiqarishga qodir 12 ta ishlab chiqarish zanjiri va mingdan ortiq mahsulotlar turi mavjud.

Tashrif chog‘ida "Samsung Medicos CO., LTD" direktori janob Kyung Seo hamda kompaniyaning bosh mutaxassislari bilan muzokaralar olib borildi va kompaniyaning ishlab chiqarish texnologik jarayoni o‘rganildi.

Uchrashuv davomida Agentlik direktori A.Azizov yurtimiz farmasevtika va kosmetika bozorining joriy holati haqida ma’lumot berib, ishlab chiqarishni O‘zbekistonda mahalliylashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish uchun eng istiqbolli yo‘nalishlarni qayd etdi. O‘zbekistonda farmasevtika va kosmetikaning bugungi holati, sohaga investisiya kiritish shartlari, yurtimizda xorijiy kompaniyalarga yaratilgan imkoniyatlar, yengillik va imtiyozlar masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, hamkorlik istiqbollari va O‘zbekistonda biznes imkoniyatlari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tomonlar «Toshkent Farma park» innovasion ilmiy-ishlab chiqarish klasteri sanoat zonasida mazkur kompaniya tomonidan ishlab chiqarishni mahalliylashtirish orqali hamkorlikni davom ettirishga va joriy yilning iyun oyida mazkur kompaniya vakillari bilan O‘zbekistonda "Toshkent farma park" klasterida uchrashishga kelishib olindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech