Farmatsevtika tarmog’ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Singapurning “Metagen Biologics Pte.Ltd.” korxonasi direktori Lim Ka Meng va “CPG International Pte.Ltd.” rahbari Vencent Lo bilan uchrashdi.

Direktor tomonidan Agenlik va "Tashkent Pharma Park" maqsadlari, rejalari va umumiy konsepsiyasi bilan tanishtirildi.
“Metagen Bilogics” – biofarmatsevtik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi kompaniya. Hozirda “Metagen Biologics” Humira va Denosumab biologik dori vositlarining biosimilyarlarini ishlab chiqqan bo'lib, klinik sinovlar tugatilgan va O'zbekistonda ishlab chiqarish uchun tayyor.
Shuningdek, Janob Lim kelajakda RNA asosidagi yangi dori vositalarini ishlab chiqish borasida ilmiy hamkorlik qilish va O'zbekistonda ishlab chiqarishni taklif qildi.
CPG International kompaniyasi ushbu loyihlarni amalga oshirish uchun investitsiya kiritish hamda loyiha uchun zaruriy infrastrukturani yaratish bo‘yicha takliflar keltirdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Agentlik direktori biofarmatsevtika yo’nalishi O’zbekiston uchun dolzarbligini takidlab, o'z vakolati doirasida o‘zaro hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi.