“HaemaTech Limited” Qon mahsulotlari (plazma) ishlab chiqaruvchi korxona o‘z faoliyatini kengaytirmoqda.
“HaemaTech Limited” Qon mahsulotlari (plazma) ishlab chiqaruvchi korxona o‘z faoliyatini kengaytirmoqda.
Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori A.Azizov “HaemaTech Limited” Qon mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona faoliyatini o‘rgandi. Korxonada bugungi kunda 100 ga yaqin ish o‘rinlari yaratilgan. Korxona va Agentlik o‘rtasida joriy yil boshida investision kelishuv imzolangan. Kelishuvga ko‘ra “HaemaTech Limited” Qon mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona o‘z faoliyatini kengaytirish maqsadida “Tashkent Pharma Park” Innovasion ilmiy-ishlab chiqarish farmasevtik klasteri hududida yangi yirik korxonani ishga tushirib, yana 600 ta ish o‘rni yaratish belgilangan. Bundan tashqari korxona kelgusida hududlarda ham markazlar tashkil etishi rejalashtirilmoqda.