O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Pokistonning "Herbion" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Pokistonning "Herbion" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Agentlik direktori Abdulla Azizov "Herbion" kompaniyasi direktori Nadeem Khalid, kompaniyaning MDH mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy menejeri Aziz Khalid, kompaniyaning O‘zbekistondagi vakolatxona rahbari Farman Khan Ali bilan uchrashdi. Pokiston tomonidan O‘zbekiston Respublikasida mavjud bo‘lgan dorivor o‘simliklarni qayta ishlash va dori mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha investisiya loyihasini amalga oshirish, shu bilan birga O‘zbekiston hududida “Logistis hub” yaratish maqsadida ekanliklari bildirildi.

Uchrashuv so‘ngida Agentlik direktori hamkorlikka tayyor ekanligi va ushbu loyihani amalga oshirilishida vakolat doirasida qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech