Ilmiy tadqiqot institutlarini ishlab chiqarish bilan integratsiya jarayoni yanada rivojlantiriladi
Ilmiy tadqiqot institutlarini ishlab chiqarish bilan integratsiya jarayoni yanada rivojlantiriladi
Ilm bo‘lmasa, rivojlanish bo‘lmaydi. Keyingi besh yilda mamlakatimizda barcha islohotlar mana shu qat’iy tamoyil asosida kechdi. Davlatimiz rahbari Prezidentlik faoliyatining dastlabki kunlaridanoq ilm-fan va innovatsiyalar rivojini eng ustuvor masala sifatida kun tartibiga qo‘ydi.
Shuningdek, 2021-yil 6-noyabrda Prezident lavozimiga kirishish marosimidagi nutqida: “Yurtimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish uchun bizga zamonaviy ilm va yana bir bor ilm, tarbiya va yana bir bor tarbiya kerak”, deb ta’kidlagan edi.
Bugungi kunda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tizimidagi ilmiy tadqiqot institutlarini ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu maqsadda Agentlik va uning tasarrufidagi Ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari Toshkent farmatsevtika institutining magistrlari hamda doktorantlari bilan uchrashdilar. Uchrashuv davomida yoshlarni ilm va fanni integratsiyalash, shuningdek, sohaning yangi yo‘nalishlarida malakasini oshirish va sohaga oid bir qancha dolzarb muammolar hamda yechimiga bag‘ishlangan masalalar muhokama qilindi.