Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Bolgariyaning “Integra DD” MCHJ korxonasi ta’sischisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Bolgariyaning “Integra DD” MCHJ korxonasi ta’sischisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 25 aprel kuni Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Bolgariyaning “Integra DD” MCHJ korxonasi ta’sischisi bolgariyalik Janob Mandjukov Ivaylo va Bolgariya Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining faxriy konsuli, bosh direktor Mandjukov Ivaylo Petrov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv avvalida Janob Mandjukov Ivaylo 2016 yildan buyon O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan “Integra DD” qo‘shma korxonasi loyihasining joriy holati haqida gapirib o‘tdi. So‘ngra O‘zbekiston bilan qo‘shma korxonaning “Integra DD” loyihasi taqdimotini qildi. Shuningdek, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan qo‘shma korxonasi GMP sertifikatini, lisenziyani o‘z vaqtida taqdim etilgani va bugungi kunda barcha talablarga rioya qilgan holda o‘z faoliyatini davom ettirayotganini bildirdi.
Ma’lumot uchun: Korxona 2016 yil O'zbekistonda Qo‘shma korxona sifatida o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, ineksion dori vositalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.
Shuningdek, uchrashuv davomida Janob Mandjukov Ivaylo Sofiyada O‘zbekistonning faxriy konsulligining ochilishi mamlakatlar o‘rtasidagi uzoq muddatli siyosiy va iqtisodiy jihatdan ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish va kengaytirish uchun qilinayotgan harakatlarini aytib o‘tib, O‘zbekiston bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash istagini bildirdi. Uchrashuv yakuni bo‘yicha tomonlar kelgusida hamkorlikni kuchaytirish maqsadida aniq chora-tadbirlar belgilanishiga kelishib olindi.