O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Abdulla Azizov Saudiya Arabistoni Podshohligining “Jamjoom Pharma” kompaniyasi boshqaruv raisi Mahmoud Jamjoom bilan uchrashdi.

Joriy yil 25 noyabr kuni Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Saudiya Arabistoni Podshohligining “Jamjoom Pharma” kompaniyasi boshqaruv raisi Mahmoud Jamjoom bilan uchrashdi.

“Jamjoom Pharma” kompaniyasi 200 ga yaqin turdagi dori vositalarini ishlab chiqaradi. Uchrashuvda farmasevtika sohasida O‘zbekiston bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, investisiyaviy hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlari muhokama qilindi, yangi loyihalarni birgalikda amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, hamkorlar O‘zbekistonda yaratilgan imkoniyatlar, sharoitlar bilan atroflicha tanishtirildi va kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech