Joriy yilning 5-dekabr kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston-Belarus biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 5-dekabr kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston-Belarus biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.
O'zbekiston va Belarus ishbilarmon doiralarining ikki yuzdan ortiq vakillari ishtirok etgan ushbu forumda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Belarus Respublikasi Bosh vaziri Roman Golovchenko so‘zga chiqdi. Tadbirda Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov ishtirok etdi.
Biznes-forumda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish davom etayotgani, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, kinematografiya, sport sohalaridagi aloqalar mustahkamlanayotgani, shunga qaramay hali foydalanilmagan sezilarli hamkorlik salohiyati mavjudligiga e’tibor qaratildi.
Bunda qo‘shma loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni izchil rivojlantirishning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lishi bildirildi.
Mashinasozlik, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, kimyo, elektrotexnika va boshqa sohalardagi sanoat kooperatsiyasini yana-da kengaytirish, IT texnologiyalari sohasida hamkorlikni davom ettirish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.