O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Agentlikda "LEKINTERKAPS" korxonasi vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Agentlikda "LEKINTERKAPS" korxonasi vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori A.Azizov "LEKINTERKAPS" korxonasi direktori Sh.Fayziyev bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida korxona tomonidan "Tashkent Pharma Park" klasteri hududida yangi loyihani ishga tushirish masalalari muhokama qilindi.

"LEKINTERKAPS" korxonasi Agentlik direktorini yangi loyiha bilan tanishtirar ekan, respublikamizda import o‘rnini bosuvchi, infuziya, tabletka, siroplar dori vositalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilganligi bildirildi. Agentlik direktori yangi loyiha bilan tanishdi va tegishli ko‘rsatmalar berdi. Loyiha doirasida 190 ta yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun: "LEKINTERKAPS" korxonasi O‘zbekistonda 2011 yildan buyon faoliyat yuritadi. Hozirgi kunga kelib korxona tomonidan 36 turdagi biologik faol qo‘shimchalar hamda 43 xil turdagi dori vositalari ishlab chiqaradi. Korxonada bugungi kunda 84 nafar xodim faoliyat yuritmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech