O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Avstriyaning Graz Tibbiyot Universiteti va "Novabioma Biomanufacturing Flexco" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Avstriyaning Graz Tibbiyot Universiteti va "Novabioma Biomanufacturing Flexco" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori A.Azizov, Farmasevtika texnik universiteti rektori, Vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti direktori, "Tashkent farma park” klasteri va Agentlik vakillari ishtirok etdilar.

Avstriyadan tashrif buyurgan delegatsiya vakillaridan Rainer Reinmueller O‘zbekistonga tashrifning maqsadi va farmasevtika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlari va yangiliklaridan yaqindan xabardor bo‘lish istagini bildirdi.

Dr. Josef Glossl "Novabioma Biomanufacturing Flexco" kompaniyasi faoliyati bilan tanishtirib, dori vositalarini ishlab chiqarish uchun asosan o‘simliklardan foydalanib, bioreaktor sifatida qo‘llanilishi mumkinligi va kompaniyaning yangi loyiha asosida onkologik kasalliklar va oqsil preparatlari uchun substansiyalarni ishlab chiqarish mumkinligi ta’kidladi.

Taqdimotlardan so‘ng ishtirokchilar loyihaning turli jihatlari, shu jumladan texnik tafsilotlar, moliyaviy asoslar va logistika masalalari bo‘yicha tushuntirish so‘rab, jonli savol-javob sessiyasida qatnashdilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech