Agentlikda “Novo Nordisk” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Agentlikda “Novo Nordisk” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Novo Nordisk” kompaniyasining MDH bozorlari bo‘yicha bosh direktori Zafar Rana Azfar va kompaniyaning O‘zbekistondagi vakili Malika Saxibova Agentlik direktori A.Azizov bilan uchrashdi. "Novo Nordisk" Daniya farmasevtika kompaniyasi, qandli diabetni davolash bo‘yicha dunyodagi eng yirik ochiq farmasevtika kompaniyalaridan biridir.
Kompaniya bugungi kunda yangi molekulalarni tadqiq qilish ustida faol ish olib borayotganini bildirib, O‘zbekiston bilan ham hamkorlikni yanada rivojlantirish rejalari borligini ta’kidladi. “Novo Nordisk” respublikada mavjud bo‘lgan mutaxassislarning bilimini oshirishga qaratilgan treninglar va seminarlar o‘tkazish nuqtai nazaridan ishchi kuchini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarda ishtirok etishga tayyorligini bildirdi. Tomonlar, shuningdek, farmasevtika sanoatini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan faol ishlar kontekstida kompaniya oldida turgan dolzarb masalalarni muhokama qildilar.