O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik

2023 yil 15 dekabr kuni Moskva shahrida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha 24-hukumatlararo komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi rahbari ham ishtirok etdi.
Joriy yil 7 iyun kuni Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligining Farmasevtika va tibbiyot sanoatini rivojlantirish departamenti hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi o‘rtasida Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasida yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti sohasidagi normativ-huquqiy tartibga solishni baholash va uyg‘unlashtirish to‘g‘risida yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan edi.
Bugungi kunda ikki davlat tomonidan ishchi guruh tuzilib, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida dori vositalari ishlab chiqarishga qo‘yiladigan me’yoriy talablarni tahlil qilib, ikki davlatda bittadan korxonada ishlab chiqarishda GMP inspeksiyasi yakunlanganligi yuzasidan ma’lumot berildi.
Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida GMP sertifikatini o‘zaro tan olishni 2024 yilda joriy etilishiga kelishib oldi.
Moskva shahrida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha 24-hukumatlararo komissiyasining yig‘ilishi doirasida tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Rossiya farmasevtika sanoati vakillari bilan B2G uchrashuvlarni o‘tkazdi. Uchrashuvda Rossiyaning "R-Farm" OAJ, "Generium" OAJ, "Helikon" MChJ "Moskva endokrin zavodi" Federal davlat unitar korxonasi, Rospotrebnadzor markaziy epidemiologiya ilmiy-tadqiqot instituti, Rossiya sanoat va savdo vazirligi vakillari ishtirok etdilar.
Unda O‘zbekiston Respublikasining mahalliy ishlab chiqarish salohiyati: investisiyalar va pudrat ishlab chiqarish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, erkin iqtisodiy farmasevtika zonalari hududida mavjud ishlab chiqaruvchilar uchun imtiyoz va preferensiyalar, ofset shartnomasi bo‘yicha bitimlarni amalga oshirish mexanizmi, dorixonalar va dorixona tarmoqlari faoliyatini tartibga solish standartlari,
dori vositalarini majburiy raqamli markalash tizimi, farmasevtika mahsulotlarini davlat xaridi mexanizmi kabi masalalarga to‘xtalib o‘tildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston bozoriga oid axborotni tahlil qilish va o‘rganish orqali hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishni davom ettirishga kelishildi.
Avval xabar berganimizdek, Moskva shahrida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha 24-hukumatlararo komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish doirasida Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov PharmEco kompaniya rahbari va vakillari bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
Investision loyihani amalga oshirishda:
ofset shartnomasi bo‘yicha bitimlarni amalga oshirish mexanizmi;
farmasevtika mahsulotlarini davlat xaridi mexanizmi;
O‘zbekiston bozorida talab etilgan va hozirda faqat import qilinayotgan mahsulotlar haqida suhbatlashildi.
Uchrashuv yakunida ikki davlat tomon bozorlariga oid axborot almashish orqali hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishni davom ettirishga kelishib olindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech